Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subʼyetlariga
Qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlarni plastik va boshqa turdagi chiqindilardan tozalash boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish maqsadida yangi tashabbus/chaqipiq eʼlon qilinadi:
Yangi Challenge: plastiksiz iyul - (Plastic Free July).
Bunda barcha masʼullar tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda ishlarni tashkil etish soʻraladi:
– qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydonlar chetlarini, yoʻllar, ariq-zovurlar yon-atrofini plastik va boshqa chiqindilardan tozalash va belgilangan tartibda utilizasiya qilish, bunda ushbu tashabbusni targʻib etuvchi qisqa videoroliklar tayyorlash va tarqatish;
–ijtimoiy tarmoqlarda videochellenjlar va targʻibot aksiyalarini dala maydonlarida tashkil etish.
Tayyorlanadigan materiallarning mazmunli, kreativ va keng jamoatchilikni plastik va boshqa turdagi chiqindilardan tozalashga chorlaydigan ruhda boʻlishini taʼminlashingiz soʻraladi.
Manba: Telegram kanali · Paxtachilik kengashi