Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son «Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash doirasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soʻnggi vaqtlarda ayrim internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa elektron axborot resurslarida attestatsiya tizimida doir rasmiy manbalar bilan tasdiqlanmagan, asossiz yoki notoʻgʻri talqin qilingan maʼlumotlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
Tadqiqotchilar, professor-oʻqituvchilar hamda keng jamoatchilikdan attestatsiya sohasiga oid axborotlarni qabul qilish va tarqatishda axborot madaniyati hamda huquqiy talablarga qatʼiy rioya etish, rasmiy tasdigʻini topmagan xabarlar, fikr-mulohazalar va sharhlarga ishonmaslik hamda ularni tarqatmaslik soʻraladi.
Batafsil: https://oak.uz/pages/30864
Manba: Telegram kanali · OAK - Oliy attestatsiya komissiyasi | Rasmiy kanal