💻Mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xoʻjaligida barqaror amaliyotlarni keng joriy etish maqsadida hududlarda amaliy tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🍃Shu doirada, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda hududiy hokimliklar hamkorligida Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida sugʻoriladigan yer maydonlarida shox-shabba, oʻsimlik barglari va boshqa organik qoldiqlardan foydalangan holda tabiiy oʻgʻitlar tayyorlash boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlar yoʻlga qoʻyildi.
🗣Seminarlar davomida organik chiqindilarni yoqmasdan, maxsus oʻralarda toʻplash va qayta ishlash orqali tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan samarali usullar namoyish etilmoqda.
✅Tadbirlar doirasida soha olimlari va tajribali mutaxassislar tomonidan tabiiy oʻgʻitlarning yer unumdorligi va hosildorlikka taʼsiri yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berilmoqda.
⬆️Ushbu seminarlar qishloq xoʻjaligida ekologik yondashuvlarni kengaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Maʼlumot uchun: joriy yilning 26-yanvar – 3-fevral kunlari belgilangan grafik asosida respublikaning barcha hududlarida tabiiy oʻgʻitlar tayyorlash boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazilishi belgilangan.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI




