🇨🇳2026 yil 20–22 oktabr kunlari Xitoyning Shandun provinsiyasi, Dunʼin shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro shoʻrlangan yerlarda dehqonchilik konferensiyasi (ICSA 2026)da Oʻzbekiston olimlari ham ishtirok etdi.
🟢Anjumanda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti vakillari Zafar Bahodirov, Aliyor Qorayev hamda institutning Qashqadaryo filiali direktori Hikmatullo Boʻriyev tuproq shoʻrlanishini boshqarish, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha tajriba almashdilar.
🔵Konferensiya doirasida delegatsiya Shoʻr va ishqoriy qishloq xoʻjaligi yerlari boʻyicha Milliy texnologik innovatsiyalar markaziga tashrif buyurib, dala sharoitida qoʻllanilayotgan yangi texnologiyalar, ularni sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarishga joriy etish jarayonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijalar bilan uygʻunligi, shoʻrlangan yerlardan samarali foydalanish va innovatsion yechimlarni qishloq xoʻjaligiga tatbiq etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
💬Zafar Bahodirov fikricha: «Xalqaro tajribani oʻrganish va yangi texnologiyalarning dala sharoitidagi natijalarini kuzatish mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos ilmiy yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega».
🤝Shuningdek, Xitoy qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (CAAS) va boshqa xorijiy ilmiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarda qoʻshma tadqiqotlar va ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
📌 Mazkur tashrif ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tuproq unumdorligini saqlash va shoʻrlangan yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan texnologiyalarni Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Manba: Telegram kanali







