🇺🇿 ONA TILIM — BOYLIGIM
📝Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “Ona tilim — boyligim” mavzusida diktant yozish tadbiri tashkil etildi.
📖Tadbir Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligining 37 yilligi munosabati bilan davlat tili haqidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etish hamda davlat tilining nufuzi va mavqeyini yanada oshirish maqsadida oʻtkazildi.
📝Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlangan, vazirlik tizimida maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasining 5-bandida belgilangan vazifa ijrosi doirasida tashkil etildi. Unga koʻra, tashkilot va muassasalarda barcha xodimlarni jalb etgan holda diktant yozish belgilangan.
✍️Diktant yozish orqali xodimlarning davlat tilida savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya etish va ona tilimizga boʻlgan hurmatni yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
📌Ona tilini asrash va eʼzozlash — milliy qadriyatlarimizni asrashdir!
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali

