Oʻzbekiston olimlari Xitoyda xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Yangiliklar

Oʻzbekiston olimlari Xitoyda xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

1 daqiqa oʻqish 224 marta koʻrilgan

📍2026-yil 20–22-oktabr kunlari Xitoyning Dunyin (Dongying) shahrida “Xalqaro shoʻrlangan yerlarda dehqonchilik konferensiyasi” (ICSA 2026) boʻlib oʻtdi.

🔴Xalqaro anjumanda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti vakillari Zafar Baxodirov, Aliyor Qorayev hamda institutning Qashqadaryo filiali direktori Hikmatullo Boʻriyev ishtirok etdi.

✅Zafar Baxodirov “Oʻzbekistonda sugʻoriladigan dehqonchilikda tuproq shoʻrlanishini kompleks boshqarish” mavzusida maʼruza qildi. Unda tuproq shoʻrlanishi muammolari, ilmiy tadqiqotlar natijalari va zamonaviy monitoring texnologiyalari yoritildi.

🤝 Konferensiya doirasida Xitoy qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (CAAS) va boshqa xorijiy ilmiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, qoʻshma tadqiqotlar va tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.

📌Shuningdek, delegatsiya xalqaro davra suhbati va shoʻrlangan yerlardan kompleks foydalanish boʻyicha Xitoyning ilgʻor ilmiy-texnologik ishlanmalari bilan tanishish tadbirlarida qatnashdi.

✅Ushbu tashrif Oʻzbekiston olimlarining xalqaro ilmiy hamkorligini kengaytirish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda shoʻrlangan yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan innovatsion yechimlarni mamlakatimizda qoʻllash uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Manba: Telegram kanali