🔴Fargʻona viloyatida qishloq xoʻjaligi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini asrash hamda polietilen plyonka qoldiqlarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan ishlar qizgʻin davom etmoqda.
➡️Vazirlik tomonidan tuzilgan ishchi guruhning tasdiqlangan ish reja-grafigiga muvofiq, viloyat hududlarida dala maydonlarini oʻrganish, polietilen plyonka qoldiqlarini oʻz vaqtida yigʻib olish va ularni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish boʻyicha oʻquv-amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
🟡Joriy yilda Fargʻona viloyatida 23 ming gektar maydonda «Shinjon» usuli, yaʼni chigitni polietilen plyonka ostiga ekish texnologiyasi qoʻllanilgan. Shu munosabat bilan, mazkur maydonlarda plyonka qoldiqlarini toʻliq yigʻib olish, ularning tuproq unumdorligi va ekologik holatga salbiy taʼsirining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
➡️Ishchi guruh aʼzolari tomonidan fermer xoʻjaliklari vakillariga polietilen plyonka qoldiqlarini dalalarda qoldirmaslik, ularni belgilangan tartibda yigʻish va utilizatsiya qilish yuzasidan tegishli tushuntirish hamda amaliy tavsiyalar berilmoqda.
✅Maʼlumot uchun: Mazkur tadbirlarda vazirlikning masʼul rahbar va xodimlari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari, shuningdek, hududlardagi tegishli tashkilot va idoralar vakillari faol ishtirok etmoqda.
❗️Toza dala — sogʻlom tuproq, ekologik barqarorlik va moʻl hosil garovi!
Manba: Telegram kanali


