«Olimdan — dehqonga» ruknida yangi maqola!
Yangiliklar

«Olimdan — dehqonga» ruknida yangi maqola!

1 daqiqa oʻqish 260 marta koʻrilgan

❗️TUPROQ — MILLIY BOYLIK

📖«Olimdan — dehqonga» ruknida yangi maqola!

Tuproq — nafaqat qishloq xoʻjaligining asosiy boyligi, balki oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy barqarorlik va kelajak avlod farovonligining ham muhim kafolatidir.

📝Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi» jurnalining 2026 yil 10-sonida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodovning «Tuproq — milliy boylik va kelajak kafolati» nomli publitsistik maqolasi chop etildi.

✍️Maqolada institutning soʻnggi yillardagi ilmiy yutuqlari, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, shoʻrlanish va degradatsiya jarayonlariga qarshi kurashish, gumus miqdorini koʻpaytirish, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni sohada qoʻllash borasidagi ishlar yoritilgan.
🔵Shuningdek, zamonaviy laboratoriyalar, xalqaro hamkorlik, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish hamda fermerlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish orqali yerdan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

❗️Maqolaning bosh gʻoyasi — tuproqni asrash bugungi hosilnigina emas, balki ertangi kun, oziq-ovqat xavfsizligi va kelajak avlod manfaatlarini ham asrashdir.

✅Telegram: TATI Soil

#Tuproq #Tuproqshunoslik #Ilm_va_Amaliyot

Manba: Telegram kanali