Tuproq ilmi chegara bilmaydi
Yangiliklar

Tuproq ilmi chegara bilmaydi

2 daqiqa oʻqish 246 marta koʻrilgan

Oʻzbekiston va Rossiya olimlari hamkorligi mustahkamlanmoqda

🌍 Tuproqshunoslik — hududlar va makonlar turlicha boʻlsa-da, mohiyati va ilmiy ahamiyati mushtarak boʻlgan soha. Zero, tuproq unumdorligini asrash, uning degradatsiyasining oldini olish va yer resurslaridan oqilona foydalanish barcha mamlakatlar uchun birdek muhim. Bu borada olimlar oʻrtasidagi tajriba va bilim almashinuvi ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning muhim omilidir.

🔵 Moskva shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy konferensiya doirasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, professor Shuhrat Bobomurodov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan Rossiyaning yetakchi ilmiy muassasalari bilan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazildi.

✅Birinchi kun: D.N. Pryanishnikov nomidagi Butunrossiya agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuv imzolandi. Konferensiyada Oʻzbekistonda tuproqshunoslik va agrokimyo sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar taqdim etildi.
✅Ikkinchi kun: mazkur institutning Tuproq muzeyi va Markaziy analitik laboratoriyasi faoliyati oʻrganildi. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Tuproqshunoslik fakulteti bilan ilmiy hamkorlik, tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilinib, hamkorlik memorandumini imzolashga kelishildi.
✅Uchinchi kun: V. Dokuchaev nomidagi Tuproqshunoslik instituti direktori D. Kozlov bilan uchrashuv oʻtkazilib, qoʻshma fundamental tadqiqotlar, tuproq degradatsiyasi muammolari va ilmiy xodimlar malakasini oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida hamkorlik memorandumini tuzish hamda institutlararo komissiya tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Delegatsiya institut laboratoriyalari bilan ham tanishdi.

📌Erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat olimlari oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish va tuproq resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan qoʻshma tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

✅Telegram: TATI Soil

#XalqaroHamkorlik #Tuproqshunoslik #Agrokimyo

Manba: Telegram kanali