Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
📍Qoʻshtepa tumanidagi “Ismoil Joʻrabek” fermer xoʻjaligining paxta maydonlaridan birida gʻoʻzapoyalar yigʻishtirib olingach, dalani polietilen plyonka qoldiqlaridan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
☁️Paxta yetishtirishda qoʻllaniladigan polietilen plyonkalar agrotexnik jihatdan muayyan afzalliklarga ega. Biroq hosil yigʻim-terimidan soʻng ularning dalada qolishi tuproq holati va ekologik muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu bois plyonka qoldiqlarini oʻz vaqtida yigʻishtirish yer resurslaridan oqilona foydalanishning muhim shartlaridan biridir.
Manba: Telegram kanali · Ibrohim Abdurahmonov