Qishloq xoʻjaligida ilmiy yondashuv va amaliy tavsiyalar — yuqori hosil garovi!
Yangiliklar

Qishloq xoʻjaligida ilmiy yondashuv va amaliy tavsiyalar — yuqori hosil garovi!

1 daqiqa oʻqish 325 marta koʻrilgan

🔴Qishloq xoʻjaligida ilmiy yondashuv va amaliy tavsiyalar — yuqori hosil garovi!

🟢Qishloq xoʻjaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning joylarda yer egalari bilan oʻtkazgan uchrashuvlarida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, hududlarda kechiktirib boʻlmaydigan agrotexnik tadbirlarga bagʻishlangan dala oʻquv-seminarlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu jarayonga Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti mutaxassislari bilan bir qatorda, sohaga daxldor tizim tashkilotlari rahbarlari va mutasaddilari ham faol jalb etilgan.

🟢Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston respublikasi, Namangan, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va boshqa hududlarda tashkil etilayotgan seminarlarda fermerlar va yer egalariga gʻoʻza parvarishida dolzarb agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.

✅Shuningdek, makro va mikro, shuningdek suyuq organik oʻgʻitlardan meʼyoriy hamda samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va hosildorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan yondashuvlar keng tushuntirilmoqda.

➡️Seminarlar davomida yer egalari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga institutning yuqori malakali mutaxassislaridan atroflicha javob olib, amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan muhim tavsiyalarga ega boʻlmoqdalar.

🔴Dala oʻquv-seminarlari barcha hududlarda izchil davom etmoqda.

Manba: Telegram kanali