UNESCO tomonidan sintetik biologiya boʻyicha etik yoʻriqnomalarning eʼlon qilinishi juda muhim va oʻz vaqtidagi tashabbusdir. Sintetik biologiya qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlimga chidamlilik va bioekonomika uchun katta imkoniyatlar ochadi.
Shu bilan birga, u bioxavfsizlik, adolat, inson qadr-qimmati, ekologik masʼuliyat va kelajak avlodlar manfaati kabi chuqur savollarni ham kun tartibiga qoʻyadi.
Bu yondashuv bizning Journal of Integrative Global STEM jurnalida chop etilgan maqolamizda ilgari surilgan HECI — Humanity, Ethics, Creativity and Imagination konsepsiyasi bilan bevosita uygʻun.
Bizning maqolada HECI STEM taʼlimi va innovasiyalarini insonparvarlik, axloq, ijodkorlik va kelajakni tasavvur qilish qobiliyati bilan boyituvchi yondashuv sifatida taklif etilgan.
STEM bizga hayot tizimlarini muhandislik asosida yaratish va oʻzgartirish imkonini beradi.
HECI esa bu imkoniyatlar xavfsiz, adolatli, inklyuziv, ekologik masʼul va jamoat manfaatiga xizmat qilishi kerakligini eslatadi.
Kelajak biotexnologiyasi faqat “nima qila olamiz?” degan savol bilan emas, balki “nima qilishimiz kerak va qanday masʼuliyat bilan?” degan savol bilan ham boshqarilishi lozim.
STEM bizga vositalar beradi. HECI esa yoʻnalish beradi.
-----------
English
UNESCOʻs publication of ethics guidelines for synthetic biology is a timely and important step. Synthetic biology offers major opportunities for agriculture, medicine, food security, climate resilience, and the bioeconomy. At the same time, it raises profound questions about biosafety, fairness, human dignity, ecological responsibility, and the rights of future generations. (https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000397969)
This strongly resonates with our recently published article in the Journal of Integrative Global STEM, where we introduced the HECI framework — Humanity, Ethics, Creativity and Imagination — as a human-centered complement to STEM for responsible and sustainable agricultural innovation.
STEM gives us the power to design and transform living systems.
HECI reminds us that such power must be guided by safety, justice, inclusion, ecological responsibility, and the public good.
The future of biotechnology should not be shaped only by the question “What can we do?” but also by “What should we do, and with what responsibility?”
STEM gives us tools. HECI gives us direction.
UNESCO report: https://unesdoc.unesco.org/notice?id=p::usmarcdef_0000397969
Our article: https://doi.org/10.1515/jigs-2026-0009
Manba: Telegram kanali · Ibrohim Abdurahmonov