📚LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSIDA ISH YURITISH BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTLARIDAN FOTOLAVHALAR
🔰Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari uchun “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish asoslari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi.
✅Institut rahbariyati tomonidan mashg‘ulotlar haftaning har juma kuni “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu kungacha o‘quv darsliklari Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 20 soatlik video darsliklaridan foydalanilib kelinmoqda.
Bugungi tilshunos olimlarining o‘zlari bevosita ishtirok etgan uchrashuvning yana bir muhim jihati aynan institut xodimlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish asoslari bo‘yicha savollariga echim topish bilan oʼtdi.