MANFAATLI HAMKORLIK SARI

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

MANFAATLI HAMKORLIK SARI

photo 2024 11 29 16 20 59photo 2024 11 29 16 21 12

Har qanday sohaning rivojlanish mezonida o‘zaro tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalasi turadi. Bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Birgina tuproqshunoslik sohasida ham olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq hamkorlik aloqalarning tobora kengayib borayotganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Xitoy Xalq Respublikasining G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti direktor o‘rinbosari professor He Wenqing hamda ilmiy tadqiqotlar va xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Wang Yan bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv muzokaralari avvalida institut direktori Sh. Bobomurodov amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yaratilgan yangi ishlanmalar va institutning rejalashtirilgan ilmiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

Muzokaralar yakunida ikki institut o‘rtasida memorandum imzolash hamda sug‘oriladigan tuproqlar sho‘rlanishini kamaytirish, tuproqlarda kechayotgan degradatsiya jarayonlarini oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishlarida ilmiy hamkorlikda tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda institut tomonidan 10 ga yaqin O‘rta Osiyo va yevropa davlatlari bilan ilmiy-amaliy hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib bular; Yaponiyaning “Conservation Engineers & Co. LTD”, Germaniyaning «Gannover» universiteti, Polshaning “ARTAGRO” kompaniyasi, Niderlandiyaning Vageningen universiteti hamda “Butunjahon tuproq muzeyi”, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований