![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
FINAL
DIREKTOR KUBOGI
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni" ga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Direktor kubogi” futbol turnirining final bosqichi bo'lib o'tdi.
FINAL o'yinida
Andijon mintaqaviy bo‘linmasining ANDIJON futbol jamoasi
6-1 hisobda
Xorazm mintaqaviy bo‘linmasining JAYXUN futbol jamoasi ortda qoldirib final o'yinida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
O'yin yakunida institut direktori Sh. Bobomurodov har ikki jamoaga kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishlari uchun ulkan muvafaqqiyatlar tilab, mutloq g'oliblikni qo'lga kiritgan ANDIJON jamoasiga "Direktor kubogi" hamda o'yin boshidan buyon musobaqalarda faol ishtiroklari uchun JAYXUN jamoasiga sertifikatlar topshirdi.
Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz, - dedi institut direktori Shuxrat Bobomurodov.
- Shu bois, O‘zbekistonda sport bilan shug‘ullanish ommaviy tus olmoqda. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning tarkibidagi barcha bo‘linmalari tomonidan sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgan ilmiy xodimlarimiz soni kun sayin ko‘payib borayotgani ham fikrimiz dalili.
Bugun institutimiz tizim xodimlari o‘rtasida o‘zaro futbol musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Final o‘yinida yutgan Andijon mintaqaviy bo‘linmasining - ANDIJON jamoasi institutlararo qo‘shma kubok uchun «O‘zdavyerloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti jamoasi bilan bellashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Markaziy institut barcha futbol jamoalariga omad tilab qoladi.