E'TROF

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

     Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

     Yig'ilish kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan XUSHMURODOV JOBIR PANJIYEVICH 06.01.04-«Agrokimyo» İxtisosligi qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) va BOBONOROV BEKZOD BOYMIRZAEVICH 03.00.13-"Tuproqshunoslik" ixtisosligi biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diplomlarini tantanali topshirish marosimi o'tkazildi.

      photo 2025 09 24 17 15 41 photo 2025 09 24 17 15 43 photo 2025 09 24 17 15 45

     Diplomlar Institutning ixtisoslashgan Ilmiy kengashi raisi, Institut direktori, Shuhrat Bobomurodov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
     Institut Jamoasi hamda Ilmiy Kengash a'zolari nomidan diplom sohiblariga kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

 

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований