IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING YIG‘ILISHI

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
       photo 2025 09 24 16 44 20 photo 2025 09 24 16 43 56 photo 2025 09 24 16 44 01

     Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

      photo 2025 09 24 16 53 30 photo 2025 09 24 16 53 31 photo 2025 09 24 16 53 33


     Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, NIYAZMETOV UMIDBEK XUDAYBERGANOVICHning «Geografik axborot tizimi texnologiyalari asosida tuproq xususiyatlariga ko‘ra ekinlarni optimal joylashtirishning ilmiy asoslari» 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasiga bag‘ishlandi.
     Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi o‘rinbosari, q.x.f.d., professor   Sh. Xoliqulov olib bordi.

      photo 2025 09 24 16 58 23 photo 2025 09 24 16 58 24 photo 2025 09 24 16 58 25


     Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

     Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Umidbek Niyazmetov tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

      photo 2025 09 24 17 01 33 photo 2025 09 24 17 01 37 photo 2025 09 24 17 01 35 photo 2025 09 24 17 01 40

 

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований