![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi, qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor Ruzmetov Maksud Ismoilovich olib bordi.
Yig‘ilishda institutning uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.
Ushbu yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:
Xolmatov Otabek Ismatovichning “Fosforli o‘g‘itlar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari” mavzusidagi 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
✔️Uslubiy kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda talabgorni keyingi bosqichga o‘tishi uchun taklif va tavsiyalar berildi.