5-dekabr “BUTUNJAHON TUPROQ KUNI”

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

 

    photo 2025 12 05 15 59 23 photo_2025-12-05_15-59-20.jpg photo 2025 12 05 15 59 20 photo 2025 12 05 15 59 15

   Xabaringiz bor, har yili dunyo bo‘ylab 5-dekabr “Butunjahon tuproq kuni” keng nishonlanadi.  Chunki, tuproq resurslari inson hayotida, davlat farovonligida, shuningdek, sayyora ekotizimining  barqarorligini ta’minlashda o‘rni beqiyos.

   Joriy yilning 4-dekabr sanasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti binosida  “TUPROQSHUNOSLIKNING TRANSCHEGARAVIY MUAMMOLARI VA ULAR YECHIMINING  INNOVATSION USULLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi.

                  photo 2025 12 05 15 59 13  photo 2025 12 05 15 59 11  photo 2025 12 05 15 59 12 

   Yuqori saviyada o‘tkazilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati  va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari tashrif buyurishdi.

 Ishtirokchilar anjuman boshlanishidan oldin institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan  tanishishdi.

   Onlayn va offlayn shaklida tashkillashtirilgan anjumanda respublikamiz bo‘ylab 20 dan ortiq oliy  talim muassasalari hamda tegishli tashkilotlardagi hududiy studiyalaridan jami 300 dan ortiq va 10  ga yaqin xorijiy davlatlarda qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha soha olimlari, xalqaro tashkilotlar va  institutlar vakillari hamda yuqori malakali mutaxassislari ishtirok etishdi.

                  photo 2025 12 05 15 59 08 photo 2025 12 05 15 59 05 photo_2025-12-05_15-59-07.jpg

   Tuproqlar - yerdagi hayotning asosidir.

   Mamlakatimizda mazkur anjumanni o‘tkazishdan maqsad — tuproqshunoslik sohasida olimlar  tomonidan bajarilgan ishlar, tadqiqot natijalari, tuproqlarni asrab-avaylash muhimligini anglash,  tuproq resurslarining inson farovonligini oshirishdagi ahamiyatini eslatish, ekotizimlarni saqlash,  xabardorlikni oshirish hamda keyingi qadamlar yuzasidan aniq va batafsil ma’lumotlar olishdan  iborat.

   Anjumanda so‘zga chiqanlar 5-dekabr “Butunjahon tuproq kuni” bilan soha xodimlarini samimiy  qutladilar. Shuningdek tadbir dasturiga ko‘ra mavzu doirasida taqdimotlar o‘tkazildi. Taqdimotlarda  hozirgi kunda yerlarning holatini yaxshilashga, tuproq unumdorligini oshirishga davlat siyosati  darajasida e’tibor berilayotgani, O‘zbekiston sharoitida tuproq unumdorligini muhofaza qilishning  huquqiy muammolarini o‘rganish, ularning yechimini topishda chuqur ilmiy-nazariy mushohadaga  asoslangan takliflar ishlab chiqish, xulosalar berish, shu bilan birga tuproq unumdorligini saqlab  qolish va oshirish masalasi tobora o‘tkir muammoga aylanib borayotgani, ularni oldini olish uchun  birgalikda, hamkorlikda kurashishimiz zarurligi, halqaro hamkorlik masalalariga ham alohida  to'xtalib o'tildi.

    Mazkur anjuman ishini instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuxrat Bobomurodov olib  bordi.

© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований