ILMIY SEMINAR

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
    photo 2025 12 15 14 12 50 photo 2025 12 15 14 12 52 photo 2025 12 15 14 13 06 photo 2025 12 15 14 13 18

   📍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

   ➡️Yig‘ilishni qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Raxmontoy Kurvantayev olib bordi.
Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra❗️

   ⌛Baxodirov Zafar Abduvalyevichning “Tuproqshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy asoslari” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.

   🔺Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

   🔺Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
   📌Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor ZAFAR BAXODIROVga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.

© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований