![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
☄️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari 🎖 “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
⌛Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
☄️Tadbirni institut direktori Shuhrat Bobomurodov ochib, Tuproqshunoslik sohasi bo‘yicha so‘nggi yillarida yer resurslaridan samarali foydalanish, aholining oziq-ovqat havfsizligini va moddiy farovonligi ta’minlash kabi vazifalarni bajarishda, tuproqlarimiz unumdorligini saqlash, qayta tiklash, oshirish, muhofaza qilish o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan barcha soha olimlari, ishchi xodimlarni samimiy qutladi.
🌟Shundan so‘ng Qishloq xo'jaligi vazirligi Tuproq unumdorligini oshirish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig'i Oybek Soatov soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan barcha xodimlarni bayram bilan qutladi hamda bir guruh institut xodimlariga:
🎖Baxodirov Zafar Abdyvaliyevich - Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika bo‘limi mudiri
🎖Qalandarov Nazimxon Nazirovich - Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Tuproq eroziyasi va eroziyalangan tuproqlarni muhofazalash, unumdorligini tiklash boʻlimi mudiri
🎖Narkulova Malika Usmankulovna -Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi "Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasi laboratoriya boshligʻi
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishonini🎖tantanali ravishda topshirdi.
🤝Shuningdek, bir guruh tizim xodimlariga sihatgohga yo'llanmalar bilan taqdirlab, kirib kelayotgan Hosil bayrami bilan yana bir bor tabrikladi.
📌Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti rahbariyati va jamoasi❗️
barcha taqdirlangan hamkasblarni, butun xalqimizni qutlug‘ bayram – “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” bilan samimiy muborakbod etadi.





