IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
Ilmiy_daraja (PhD)

Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Yig‘ilish Igamberdiyeva Dilfuza Alimovnaning “Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlariga irrigatsion eroziya ta’sirini baholash” mavzusidagi 03.00.13 - “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bordi.


Talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
✅Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Dilfuza Igamberdiyeva tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

