
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi, qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor Ruzmetov Maksud Ismoilovich olib bordi.

Yig‘ilishda institutning uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:
Qilichova Nazokat Axmedovnaning "Konimex tabiiy geografik rayoni tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va geokimyoviy xususiyatlari" mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng uslubiy kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda talabgorning keyingi bosqichga o‘tishi uchun Uslubiy kengash a’zolari tomonidan taklif, tavsiyalar berildi.

