“Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qoʼyiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda Oʼzbekiston Respublikasida amal qilayotgan PhD tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi. Maqolada koʼtarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan maʼlumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq boʼlishi kerak.
Maqola tizimini quyidagicha shakllantirish talab etiladi:
1. Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnalining ruknlariga mos kelishi shart.
2. Maqola xalqaro andozalar talab doirasidagi quyidagi talablar boʼyicha shakllantirilishi lozim:
- Maqola mavzusi (Title)
- Maqola muallif(lar)i toʼgʼrisida maʼlumot (information about the author)
- Maqola annotatsiyasi (Abstract)
- Kalit soʼzlar (Key words)
- Kirish (Introduction)
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review)
- Tadqiqot metodologiyasi (Research methodology)
- Tahlil va natijalar (Analysis and results)
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
- Foydalanilgan adabiyotlar roʼyhati (References)
Maqolalar oʼzbek, rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Yuborilgan maqolalarni barchasi “Аntiplagiat” tizimida tekshiriladi
Jurnalda quyidagi asosiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy maqolalar eʼlon qilinadi:
- Tuproqshunoslik, Аgrokimyo
- Tuproq kimyosi va mineralogiyasi
- Аgrotuproqshunoslik
- Tuproq mikrobiologiyasi, tuproq zoofaunasi
- Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik
- Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish
- Oʼsimlikshunoslik, Oʼsimliklar fiziologiyasi va oziqlanishi
- Sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer resurslaridan samarali foydalanish muammolari
- Oʼrmon xoʼjaligi
Maqolani rasmiylashtirishga qoʼyiladigan talablar:
• Matn – Microsoft Word.
• Maqola matnni chapdan – 3 sm, oʼngdan – 1,5 sm, yuqori va pastdan – 2 sm qoldiriladi.
• Shrift – Times New Roman.
• Maqola matni shriftining kattaligi – 14; Qatorlar oraligʼi (interval) – 1,15; Xat boshi (abzats) – 1,27.
• Muallifning ismi, familyasi, otasining ismi, ish joyi (oʼqish joyi), lavozimi, elektron pochta manzili haqidagi maʼlumot maqola yuqori qismining oʼng tarafiga kichik harflarda, oʼzbek, rus, ingliz tillarida, kursiv (Shriftning kattaligi – 14. Qatorlar oraligʼi (interval) – 1) bilan yoziladi.
• Maqolaning nomi oʼzbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 14) – bosma harflarda markazda qoʼyiladi.
• Qisqacha annotatsiya oʼzbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 12. Qatorlar oraligʼi (interval) – 1) yozilishi lozim. Soʼzlar soni 60-80 tani tashkil etishi maqsadga muvofiq boʼladi.
• Kalit soʼzlar – (6 – 10 tadan kam boʼlmagan) uch tilda oʼzbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
• Maqola mavzusiga mos UOʼT indeksi birinchi sahifaning chap burchagiga qoʼyiladi.
• Jadvallar minimal miqdorda (2-3 jadval) alohida sahifalarda topshiriladi. Ularning hajmi 1 sahifadan oshmasligi kerak. Jadval, grafik va maqola matnlarida bir xil maʼlumotlarni takrorlash mumkin emas. Jadvallar nomlanishi va nomerlanishi shart (jadval 1, jadval 2). Illyustratsiyalar eng koʼpi bilan (2-3 rasm) boʼlishi kerak, maqolaning zarur joylarida suratlarga ilova qilinadi (rasm 1, rasm 2).
• Matndagi havolalar quyidagi tartibda shakllantiriladi; [1] yoki [2, C.170] yoki [3, C.132, 185, 193].
• Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati alifbo tartibida (Times New Roman; 12 shrift; 1.0 interval) koʼrsatilishi lozim.
• Tayyor maqolaning hajmi 8-10 betdan kam boʼlmasligi lozim.
• Chop etiladigai maqolalar mazkur ish bajarilgan muassasa yoʼllanmasi, ekspert komissiya dalolatnomasi, ikkita taqriz (shundan bittasi fan doktoridan) boʼlishi kerak. Maqola, adabiѐtlar roʼyxati va annotatsiyalar (shrift 14, Times New Roman) yozilib, tahririyatga elektron varianti bilan topshirilishi shart.
Maqolalar tahrirdan oʼtkaziladi, shuningdek, tahrirdan oʼtmagan maqolalar jurnalda chop etilmaydi. Maqolalar This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. va This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron pochta manzillariga yuboriladi. Qoʼshimcha axborotlarni
+99897-704-81-77 telefon raqami orqali olish mumkin.
Tahririyat