Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

«MILLAT SHAVKATI» — MA’RIFAT VA TAFAKKUR SARI

⚡️Bugungi ma’rifat soati O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Ishtirokchilar Vatanimiz ramziga yuksak hurmat bajo keltirdilar.

📚Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning «Millat shavkati» kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir boshlandi.

🔵Tadbirda O‘zbekiston agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Husan Begmatov tomonidan kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va qarashlar haqida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda asarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, ma’naviy uyg‘onish, jamiyat tafakkuridagi yangilanishlar hamda Vatan taraqqiyoti bilan bog‘liq muhim masalalar yoritilgani ta’kidlandi.



🔵Taqdimot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Berilgan savollar yuzasidan institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitobda ilgari surilgan g‘oyalarning bugungi kun uchun ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

🔵Ma’rifat soati qizg‘in muloqot va fikr almashinuvi ruhida o‘tib, ishtirokchilarda kitobxonlik, milliy tafakkur va yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

 📚Kitob — tafakkurni uyg‘otadi, tafakkur esa taraqqiyotga yo‘l ochadi!

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

E'LON

Gulimov Quvondiq Xamzayevichning 03.00.13-Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha SUG‘ORILADIGAN VA LALMI TUPROQLARNING XOSSALARINI ANIQLASHDA SPEKTROSKOPIYA USULLARIDAN FOYDALANISH ASOSLARI (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida) bilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 15-iyul kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100179, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uy. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Tel.: (+99871) 246-09-50. faks:  (+99871) 246-76-00 ​e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive


#IlmFan #XalqaroHamkorlik #YoshOlimlar #Malayziya #Taqdimot

 
🟢Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida navbatdagi kasbiy maʼrifat soati o'tkazi“Young Scientists Uzbekistan @ UPSI” dasturi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

photo 2026 06 12 12 14 10
✅Malayziyaning Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) universitetida tashkil etilgan “Young Scientists Uzbekistan @ UPSI” xalqaro malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etib kelgan Gulayxan Aytmuratova tomonidan yig‘ilish ishtirokchilari uchun taqdimot o‘tkazildi.

photo 2026 06 12 12 14 33

✅Taqdimot davomida dastur doirasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, malaka oshirish jarayonlari hamda erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xorijiy tajribalar va ularni mahalliy ilmiy faoliyatda qo‘llash istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

photo 2026 06 12 12 14 59

✅Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.

✅Mazkur uchrashuv xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Tarix_bilan_yuzma_yuz

photo 2026 06 11 06 31 07

🟢Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

photo 2026 06 11 06 35 02

❗️Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarni mamlakatimiz tarixi, boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari hamda xalqimizning ko‘p asrlik madaniy an’analari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

🗣Ekskursiya davomida markaz mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga mazkur majmuaning faoliyati, uning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati hamda ekspozitsiyalardan o‘rin olgan noyob tarixiy manbalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xodimlar markazda namoyish etilayotgan qadimiy qo‘lyozmalar, asori-atiqalar, arxeologik topilmalar, milliy urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mamlakatimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti va ilmiy merosi, ularning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
photo 2026 06 11 06 42 13

🔊Professor R. Kurvantoyevga ko‘ra: - Tashrif davomida xodimlar milliy va ma’naviy merosimizning betakror namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning yurtimizning boy tarixi, madaniy qadriyatlari va ma’naviy merosi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday ma’rifiy tadbirlar milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

photo 2026 06 11 06 46 26

🔴Mazkur ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda yuksak ma’naviy taassurot qoldirib, milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi mas’uliyat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

User Rating: 5 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar ActiveStar Active

photo 2026 06 03 16 16 17
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi, qishloq xo'jaligi fanlari doktori,  professor Ruzmetov Maksud Ismoilovich olib bordi.

photo 2026 06 03 16 16 19

Yig‘ilishda institutning uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:

Qilichova Nazokat Axmedovnaning "Konimex tabiiy geografik rayoni tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va geokimyoviy xususiyatlari" mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.

photo 2026 06 03 16 16 25

Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya  ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng uslubiy kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda talabgorning keyingi bosqichga o‘tishi uchun Uslubiy kengash a’zolari tomonidan taklif, tavsiyalar berildi.