phone1 Flag of Uzbekistan Circle 512 england circle 512Russian 2 512Russian 2 512

9:00 - 18:00
(71) 246-09-50
Toshkent shahri, Olmazor tumani Qamarniso ko`chasi 3-uy

Bo'limlar

TUPROQLАR GENEZISI, GEOGRАFIYASI VА KАRTOGRАFIYASI BOʼLIMI

Boʼlim boshligʼi b.f.n., k.i.x. Ismanov А.J.

1

Boʼlim Respublika tuproqlari qoplamini genezisi, geografiyasi va evolyutsiyasi bilan shugʼullanadi. Boʼlim xodimlari tumanlar va viloyatlarning tuproq kartalarini tuzish va davriy yangilab beradi.

MELIORАTSIYA, BIOEKOLOGIYA VА TUPROQ MUHOFАZАSI BOʼLIMI

Boʼlim boshligʼi: q.x.f.n. k.i.x. Аxmedov А.U.

1

Boʼlimning asosiy yoʼnalishi – Respublikamiz sugʼoriladigan tuproqlarining tuproq-meliorativ holatini aniqlash va baholash asosida tuproqda kechayotgan degradatsiya jarayonlarini oldini olish, tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.

TUPROQ UNUMDORLIGINI BOSHQАRISH VА BАHOLАSH BOʼLIMI

Boʼlim boshligʼi: b.f.d., prof. Kuziev R.K.

Tel.: (8-371) 246-08-48

t 1

Boʼlimning asosiy ilmiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
- tuproqlarni kompleks ravishda baholash uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirib borish, agroishlab chiqarish guruhlariga ajratish, tuproq unumdorligi modellarini yaratish, tuproq qoplami maʼlumotlari bankini tuzish, GАT texnologiyalar asosida turli masshtabli tuproq kartalarini tuzish.
- tuproq monitoringini yuritish, tuproqlarni diagnostik belgilarini aniqlash va tuproq klassifikatsiyasini tuzish.

 TUPROQ KIMYOSI, FIZIK KIMYO VА MINERАLOGIYASI BOʼLIMI

 Boʼlim boshligʼi: b.f.d., prof. Toshqoʼziev M.M.

Tel.: (8-371) 246-08-48

tuproq kimyosi 1

Boʼlimning asosiy yoʼnalishi-tuproqlarni kimyoviy holati, organik moddasi tarkibi, singdirish qobiliyati, kolloid xususiyatlari, kaliy shakllarini oʼrganish, tuproq unumdorligini oshirishga doir agrotexnologiyalarni yaratish. Аsosiy vazifasi-tuproq unumdorligini oshirishning nazariy asoslari va amaliy yechimlarini ishlab chiqish.

TUPROQ FIZIKАSI VА TEXNOLOGIYASI BOʼLIMI

Boʼlim boshligʼi: q.x.f.d., Qurvontoev R.

tuproq f1

Boʼlimning asosiy yoʼnalishi-Respublika sugʼoriladigan tuproqlarning suv-fizik xossalari va rejimini boshqarish saqlash hamda tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqish.

АGROKIMYO BOʼLIMI

Boʼlim boshligʼi: q.x.f.n., k.i.x. Karimberdieva А.А.

agrokimyo 2

Respublika hududida tarqalgan barcha tabiiy va sugʼoriladigan tuproqlarning agrokimyoviy holatini baholash va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning oʼzgarib turishini nazorat qilib borish, shuningdek, tuproqlarning agrokimyoviy holati bilan oʼgʼit qoʼllashni bogʼlashdan iborat. Bulardan tashqari tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, tuproq tarkibida oziqa moddalar miqdorini koʼpaytirish, ularning nisbatlarini yaxshilash, turli ekinlar uchun oʼgʼitlar tizimini ishlab chiqish, noanʼanaviy oʼgʼitlar ishlab chiqish texnologiyalarini yaratish orqali berilayotgan oʼgʼitlar samaradorligini oshirish bilan shugʼullanadi. Shu bilan bir qatorda barcha makro-, mikro-, murakkab va organik oʼgʼitlarni tuproqga va oʼsimlikka taʼsirini oʼrganish boʼlimning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

TUPROQ INFORMАTIKАSI BOʼLIMI VА TАHLIL QILISH MАRKАZI

Boʼlim boshligʼi: q.x.f.n., k.i.x. Bairov А.J.

tuproq inf 1

Boʼlimning asosiy ilmiy yoʼnalishi – tuproqlar maʼlumot bazasini yaratish va olib borish. Zamonaviy geografik axborot tizimlarini (GАT texnologiyalar) tuproqshunoslikka joriy etish.
– Respublika tuproqlarida kimyoviy, agrokimyoviy, fizik, fizik-kimyoviy va boshqa tahlillarni bajarish. Tuproq, suv, oʼsimlik va boshqa tabiiy obʼektlarini tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish.

 

 

 

logo_uz.png
Tuproqshunoslik va agrokimyo
ilmiy tadqiqot instituti
Toshkent shahri, Olmazor tumani
Qamarniso ko'chasi 3-uy
© 2020 Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti