phone1 Flag of Uzbekistan Circle 512 england circle 512Russian 2 512Russian 2 512

9:00 - 18:00
(71) 246-09-50
Toshkent shahri, Olmazor tumani Qamarniso ko`chasi 3-uy

Axborot resurs markazi

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti 1920 yilda Tuproqshunoslik va geobatanika instituti nomi bilan Turkiston davlat universitieti huzurida tashkil etilgan boʼlib, institutning Аxborot resurs markazi ham mazkur davrda tashkil etilgan.
Аxborot resurs markazida bugungi kunda kitoblar, jurnal va boshqa turdagi adabiyotlar soni 17594 tani tashkil etadi, markazda doimiy obunachilar soni 90 tani tashkil etadi.
Аdabiyotlarning asosiysi qismi, tuproqshunoslik, tuproqlarni mineral oʼgʼitlash, tuproq eroziyasi, tuproq mikrobiologiyasi, iqlim tabiati geografiyasi va biologiyasi, suv va sugʼorish meliratsiyasi, yer va shoʼrlanish, gidrogeologiya, geokimyo, geologiya, qishloq xoʼjaligi irrigatsiya va oʼsimlikshunoslik, tuproq unumdorligi, tuproqlar karto va kartogrammalari toʼgʼrisida maʼlumotlar jamlangan. Bundan tashqari, markaz ixtiyorida Oʼzbek sovet entsiklopediyasi, Oʼzbekiston Respublikasi entsiklopediya, Davergeodezkadastr qoʼmitasi tomonidan yaratilgan atlas kitoblari mavjud.
Markazning oʼkuv zalida Oʼzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Аbdugʼanievich Karimov asarlari toʼplamlari mavjud boʼlib, mazkur toʼplamlar soni 40 dan oshiq.
Markazda tashkil etilgan Yangi adabiyotlar, OАK nizom va byulletenlari hamda yangi ilmiy-amaliy jurnallar burchagi tashkil etilgan.
Institut Аxborot resurs markazida 1923 yildan 2021 yilgacha boʼlgan davrda quyidagi adabiyotlar saqlanib kelinmoqda.
Jumladan monografiyalar soni 4000 dan oshiq, Tuproqshunoslik, agrokimyo yoʼnalishida ishlab chiqilgan tavsiyalar soni 2500 ta, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim uchun darsliklar soni 700 ta, Oʼquv qoʼllanmalar soni 800 ta, badiy adabiyotlar soni 87 ta, siyosiy tusdagi jurnal, adabiyot va nashrlar soni 40 ta, qishloq xoʼjaligiga oid adabiyotlar soni 7540 ta, Oʼzbekiston Respublikasining Geografik atlasi soni 10 ta, olimlar va mustaqil tadqiqotchilarning dissertatsiyalar soni 417 ta, avtoreferatlari soni 1500 tani tashkil etadi.
Аxborot resurs markazi institutining 4 qavatda joylashgan boʼlib, asosan 3 ta xonadan iborat, kitobxonlar uchun oʼquv zali, kitob va adabiyotlar saqlash va idoraviy xujjatlar saqlov arxividan iborat.

logo_uz.png
Tuproqshunoslik va agrokimyo
ilmiy tadqiqot instituti
Toshkent shahri, Olmazor tumani
Qamarniso ko'chasi 3-uy
© 2021 Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti