phone1 Flag of Uzbekistan Circle 512 england circle 512Russian 2 512Russian 2 512

9:00 - 18:00
(71) 246-09-50
Toshkent shahri, Olmazor tumani Qamarniso ko`chasi 3-uy

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini axborot xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari

  • institutga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to'g'risida institut rahbariyatini xabardor qilish
  • institut rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
  • institut faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishini ta'minlash;
  • milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida institut faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;
  • institut rasmiy veb-saytida institut faoliyatiga daxldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar va tahliliy materiallar shaklida yoritib borish,veb-saytdagi axborot resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta'minlash;
  • xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo'lgan axborotlarni institutning boshqa bo'linmalari bilan o'zaro hamkorlikda to'plash va ishlash;
  • ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish;
  • institut faoliyatiga doir masalalar bo'yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e'lon qilish, tele va radio eshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;
  • institut rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferentsiyalari, brifinglari, intervyulari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;
  • institut faoliyatiga doir masalalar bo'yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o'rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Institut rahbariyatiga axborot berish uchun e'lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash;
  • ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma'lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun institut faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma'lumotlar bankini tashkil etish;
  • institut faoliyatini eng to'liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o'zaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • internet tarmog'ida institutning veb-saytidagi axborotlarni tashkil etish va uni zamonaviy darajada yoritish.
  • Xizmat o'z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining institut faoliyati to'g'risidagi materiallarni tayyorlashda ko'maklashish to'g'risidagi buyurtma nomalari va so'rovlarini ko'rib chiqadi.
logo_uz.png
Tuproqshunoslik va agrokimyo
ilmiy tadqiqot instituti
Toshkent shahri, Olmazor tumani
Qamarniso ko'chasi 3-uy
© 2021 Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti