Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5204346503064319592 5204346503064319593 5204346503064319594 5204346503064319595

Anjuman dasturiga ko'ra, Sohada fidokorona xizmatlari uchun taqdirlash marosimi. Yer kuni munosabati bilan tashkil qilingan maqolalar tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqirlanganlar qatorida institut lmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov hamda professor Rahmontoy Qurvantoyevlar ham munosib ko'rildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5204346503064319445 5204346503064319446 5204346503064319447

Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman o'z ishini boshladi.

Anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, mutaxassislar va sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda

Shuningdek ushbu xalqaro ilmiy anjumanda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov, institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov hamda institutning etuk mutaxassislari ishtirok etishmoqa.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5q5y8y4a 5202094703250632824 5202094703250632825
5202094703250632486 1 5202094703250632487 5202094703250632488 1

 

Bugun Toshkentdagi nufuzli Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan “Atrof muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Konferensiyada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov “Tuproq degradatsiyasi va uni oldini olishda zamonaviy yondashuvlar” hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov “Orolbo‘yi tuproqlarining hozirgi xolati va ulardan samarali foydalanish yo‘llari” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.

Ma'ruzachilarga ko'ra, "so'nggi yillarda dunyo tuproqlari turli xil tahdidlarga uchrayotgani, tuproqlar unumdorligini saqlash, yerlar degradatsiyaga qarshi kurashish va tuproqlarda bioxilma-xillikni asrab qolish juda muhim ahamiyat kasb etayotgani va boshqa dolzarb masalalar haqida o'z fikr mulohazalarini bildirishdi"...

Eslatib o‘tamiz: Ushbu xalqaro anjuman atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda tuproqlar unumdorligini oshirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.


Konferensiya kun tartibi bo'icha tadbir tashkilotchilari tomonidan Yosh olimlarning “Eng yaxshi ilmiy ishi”tanlovi g‘oliblarini taqdirlandi.

Eng quvonarlisi mazkur yuqori saviyada tashkillashtirilgan tadbirda Zafar Bahodirov va Asliddin Mamatqulovlar ham munosib taqdirlandi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

5465328301020148024 1 5465328301020148024 1

O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumati rahbarlari kelishuviga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan tuproq tahlillarini olib borishga ixtisoslashgan va barcha zaruriy uskunalar bilan jihozlangan mobil laboratoriya Afg‘oniston tomoniga taqdim etigan edi.

 

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan Afg'on mutaxassislariga mobil laboratoriya jixozlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha o'z tajribalarini ulashmoqda.

✔️Bunday sa'yi hakatlar sohadagi o'zaro hamkorliklarni rivojlantirish bilan bir qatorda qo'shni Afg'on yurtida ham tuproq ilmini taraqqiy ettirishga zamin yaratadi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
qmig105j r69gc5bg ihj8rbqq 4626e3bd a299 4eee a0e1 1b5160e342f3

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni ishlarni yanada jadallashtirish to'g'risida" 2025-yil 6-martdagi F-18-son Farmoyishi bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga biriktirilgan Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida aholi bandligi va daromadlarini oshirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan 1350 tup o‘rik va 700 tup bodom mevali ko‘chatlarni Do‘stlik tumani hokimligi, shuningdek, ehtiyojmand aholi qatlamiga beg'araz amaliy yordam sifatida yetkazib berildi.

Bugun mevali ko‘chatlarni ekish jarayonlarida Qishloq xo‘jaligi vazirligining mutasaddi rahbar va xodimlari hamda institutning bir guruh mutaxassislari, tumandagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamkorlikda faol qatnashmoqda.

Olimlar tomonidan mevali daraxt ko‘chatlari ushbu hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘-rog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.