Oliy Majlis Qonunchilik palatasi davra suhbati
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlari bilan hamkorlikda «Qonun ijodkorligi va parlament nazorat tadbirlarida ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tahlil markazlarining o‘rni» mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlari rahbar va mutahassislari, xalqaro ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘mita faoliyatiga ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini faol jalb qilish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Tadbir davomida qonun ijodkorligi jarayonlari va parlament nazorat tadbirlarini olib borishda ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tahlil markazlari bilan hamkorlikning ahamiyati haqida so‘z yuritilib, bu borada kelgusida olib boriladigan faoliyatning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi.
Bu borada deputatlar ham qishloq xo‘jaligiga oid qonunchilikni takomillashtirishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va koorperatsiyalari, ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan o‘zlarining ilg‘or g‘oyalari bilan faol ishtirok etishlari kerakligi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: Ushbu davra suhbatida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov, institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonovlar ham ishtirok etdi.
22 aprel Xalqaro Yer Kuni Xalqaro ilmiy anjuman
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman ishi davom etmoqda.
Yerlar insoniyatning taraqqiyotiga, jamiyatning ravnaqiga xizmat qiladi. Yuksak darajada tashkil qilingan ushbu xalqaro ilmiy anjuman yerlarni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish, shoʼrlanish kabi salbiy oqibatlarning oldini olish, bioxilma-xillikni asrab qolishda juda katta xalqaro ahamiyat kasb etadi...
Shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, b.f.d., Shuxrat Mexribonovich BOBOMURODOV ma'ruza qildi.
Sh. Bobomurodovga ko'ra, yer maydonlarida olib boriladigan degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, choʼllanish va qurgʼoqchilikning oldini olish, bioxilma-xillikni asrab qolish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklashda tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirishda agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni ilmiy asosda olib borishga qaratilgan rejalarini oʼz vaqtida bajarish va boshqa dolzarb masalalar toʼgʼrisida oʼz fikr mulohazalarini bildirdi.
22 aprel Xalqaro Yer Kuni Xalqaro ilmiy anjuman
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Anjuman dasturiga ko'ra, Sohada fidokorona xizmatlari uchun taqdirlash marosimi. Yer kuni munosabati bilan tashkil qilingan maqolalar tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Taqirlanganlar qatorida institut lmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov hamda professor Rahmontoy Qurvantoyevlar ham munosib ko'rildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman o'z ishini boshladi.
Shuningdek ushbu xalqaro ilmiy anjumanda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov, institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov hamda institutning etuk mutaxassislari ishtirok etishmoqa.
22 aprel Xalqaro Yer Kuni Konferensiya
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bugun Toshkentdagi nufuzli Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan “Atrof muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiyada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov “Tuproq degradatsiyasi va uni oldini olishda zamonaviy yondashuvlar” hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov “Orolbo‘yi tuproqlarining hozirgi xolati va ulardan samarali foydalanish yo‘llari” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.
Ma'ruzachilarga ko'ra, "so'nggi yillarda dunyo tuproqlari turli xil tahdidlarga uchrayotgani, tuproqlar unumdorligini saqlash, yerlar degradatsiyaga qarshi kurashish va tuproqlarda bioxilma-xillikni asrab qolish juda muhim ahamiyat kasb etayotgani va boshqa dolzarb masalalar haqida o'z fikr mulohazalarini bildirishdi"...
Eslatib o‘tamiz: Ushbu xalqaro anjuman atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda tuproqlar unumdorligini oshirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.
Konferensiya kun tartibi bo'icha tadbir tashkilotchilari tomonidan Yosh olimlarning “Eng yaxshi ilmiy ishi”tanlovi g‘oliblarini taqdirlandi.
Eng quvonarlisi mazkur yuqori saviyada tashkillashtirilgan tadbirda Zafar Bahodirov va Asliddin Mamatqulovlar ham munosib taqdirlandi.





















