Yangiliklar

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida yildan-yilga qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish salmogʼi ortib, respublikamizning oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlash bilan birga jahon bozoriga eksport hajmi koʼpayib bormoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrda “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish choratadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4059-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu Qaror mahalliy mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish orqali eksport geografiyasini kengaytirish xalqaro tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlik qilishni rivojlantirishga qaratilgan boʼlib, iqtisodiyotimizning bugungi kundagi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashtirish, mahalliy mahsulotlarimizning sifati va raqobatbardoshligini oshirish orqali eksport geografiyasini kengaytirish, xalqaro tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgandir.

Ushbu Qaror ijrosini soha hayotiga tadbiq etish maqsadida Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining “Tuproq tahlil markazi” davlat akkreditatsiyasidan oʼtkazildi.

Bundan koʼzlangan eng asosiy maqsad Respublikamizning qishloq xoʼjaligi korxonalari, klasterlar, fermer va dehqon xoʼjaliklarida eksportga yoʼnaltirilgan raqobatbardosh qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biri boʼlgan tuproqlarni sifat jihatidan xalqaro standartlar talabiga javob berishini taʼminlashdir.

Maʼlumki, qishloq xoʼjaligi ekinlaridan rejalashtirilgan sifatli hosilni olish uchun tuproqda ekinlar talabiga mos oziqa rejimini yaratish zarur. Har bir ekin turining tuproq oziqa rejimiga talabi esa oʼziga xos xususiyatlarga ega boʼlib, bir-biridan farq qiladi. Аyni paytda ekinlarning oʼz vegetatsiyasi davrida tuproq oziqa rejimiga - tuproqdagi oziqa moddalarining miqdori va nisbatlariga talabi oʼzgarib boradi. Tuproqda mana shu oʼzgaruvchan talabga mos oziqa rejimi yaratilgandagina ekinlardan rejalashtirilgan sifatli hosilni olish mumkin.

 

“Tuproq tahlil markazi” zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʼlib, tuproq tahlillarini yuqori aniqlikda va sifatda bajarish imkoniyatlariga ega.

“Tuproq tahlil markazi” laboratoriyasi tuproq tahlillari boʼyicha quyidagi majmuaviy xizmatlarni investorlarga, klasterlar, fermer va dehqon xoʼjaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilarga taklif qiladi:

·        tuproqning granulometrik tarkibi tahlili;

·        tuproqning shoʼrlanganlik darajasi va shoʼrlanish tipini aniqlash;

·        tuproq karbonatlari miqdorini aniqlash;

·        tuproqda gips miqdorini aniqlash;

·        tuproq muhitini (rN) aniqlash;

·        tuproq elektr oʼtkazuvchaniligini aniqlash (mSm/sm);

·        tuproqda gumus, azot, fosfor va kaliyning umumiy miqdorlari tahlillari;

·        tuproqda asosiy oziqa moddalari (azot, fosfor va kaliy) ning harakatchan shakllari miqdorlarini va ushbu moddalar bilan taʼminlanganlik darajalarini aniqlash;

·        suvning minerallashganlik darajasini (shoʼrligini) aniqlash;

·        suv muhitini (rN) aniqlash;

·        suvning elektr oʼtkazuvchaniligini aniqlash (mSm/sm);

·        oʼsimlik organlari tarkibidagi asosiy oziqa elementlari (N,P,K) miqdorlarini aniqlash;

·        tuproqlarning granulometrik tarkibi, shoʼrlanganligi, gumus va oziqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajalarini koʼrsatuvchi kartogrammalarini tuzish;

·        koʼrsatilgan tahlillar asosida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, sugʼorish, shoʼr yuvish meʼyorlarini beligilash, mineral va organik oʼgʼitlarni qoʼllash boʼyicha tavsiyalar berish.

“Tuproq tahlil markazi” laboratoriyasi barcha xizmatlarini Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatiga (fan doktrlari, fan nomzodlari, falsafa doktorlari) tayangan holda amalga oshiradi.

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti