Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

photo 2026 06 03 16 16 17
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi, qishloq xo'jaligi fanlari doktori,  professor Ruzmetov Maksud Ismoilovich olib bordi.

photo 2026 06 03 16 16 19

Yig‘ilishda institutning uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:

Qilichova Nazokat Axmedovnaning "Konimex tabiiy geografik rayoni tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va geokimyoviy xususiyatlari" mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.

photo 2026 06 03 16 16 25

Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya  ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng uslubiy kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda talabgorning keyingi bosqichga o‘tishi uchun Uslubiy kengash a’zolari tomonidan taklif, tavsiyalar berildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
Ilmiy_daraja (PhD)
photo 2026 06 02 10 27 02
Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

photo 2026 06 02 10 27 07 2

Yig‘ilish Igamberdiyeva Dilfuza Alimovnaning “Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlariga irrigatsion eroziya ta’sirini baholash” mavzusidagi 03.00.13 - “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

photo 2026 06 02 11 39 06

Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

photo 2026 06 02 11 39 23

photo 2026 06 02 10 26 31

Talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Dilfuza Igamberdiyeva tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

Paxta maydonlari uchun mikroelementlar kartogrammasini ishlab chiqish

photo 2026 05 18 11 36 48

🔴Mikroelementlar kartogrammasi — bu tuproq tarkibidagi mis, rux, bor, marganets kabi elementlarning miqdori va tarqalishini xaritada aks ettiruvchi ilmiy hujjatdir. Ushbu kartogrammalar tuproq namunalarini laboratoriyada tahlil qilish asosida tuziladi.

photo 2026 05 18 16 15 59
✅Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston tumanida “Paxta ekiladigan maydonlar tuproqlarining mikroelementlar — Cu, Zn, Mn, B, Co, Mo bilan ta’minlanganlik kartogrammalarini ishlab chiqish” nomli pilot loyiha amalga oshirilmoqda.

🔴Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — paxta maydonlari tuproqlarida muhim mikroelementlar miqdorini aniqlash, ularning yetarli yoki yetishmasligini baholash hamda fermerlar uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


        Mikroelementlar o‘z nima?

Mikroelementlar — tuproq va o‘simlik tarkibida juda kam miqdorda uchraydigan, lekin paxtaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun juda zarur bo‘lgan oziqa elementlaridir.
Masalan:
Mis (Cu) — o‘simlikda modda almashinuvi va kasalliklarga chidamlilikni kuchaytiradi.
Rux (Zn) — paxtaning o‘sishi, gullashi va ko‘sak shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Marganes (Mn) — fotosintez jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Bor (B) — gullash, changlanish va hosil elementlari shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Kobalt (Co) va molibden (Mo) — azot almashinuvi va tuproq unumdorligi bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etadi.

Mikroelementlar yetishmasa, o‘simlik tashqi ko‘rinishda yashil bo‘lib ko‘rinsa ham, uning ichki fiziologik jarayonlari susayadi. Natijada hosil kamayadi, tola sifati pasayadi va o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi to‘liq namoyon bo‘lmaydi.
Kartogrammalar tuzish nima uchun kerak?
Kartogramma orqali har bir dala konturi bo‘yicha tuproqda qaysi mikroelement yetarli, qaysisi kam yoki ortiqcha ekani ko‘rsatiladi. Bu esa fermerlarga o‘g‘itlarni “taxminan” emas, balki tuproq tahliliga asoslangan holda, aniq me’yorda ilmiy asoslarga ko‘ra qo‘llash imkonini beradi.
Bunday yondashuv quyidagi natijalarga xizmat qiladi:
🔴 paxta hosildorligini oshirish;
🔴 mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish;
🔴 tuproq unumdorligini saqlash;
🔴 ortiqcha xarajatlarni kamaytirish;
🔴har bir dala uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash.



🌏Mikroelementlar bo‘yicha tuproq xaritalari va agrokimyoviy kartogrammalar tayyorlash ishlari AQSH, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Braziliya, Avstraliya hamda Yevropa Ittifoqi davlatlarida keng qo‘llaniladi. Bu mamlakatlarda tuproq tahliliga asoslangan aniq dehqonchilik tizimi hosildorlikni oshirish va resurslarni tejashning muhim vositasi sifatida qaraladi.

📍Sirdaryo viloyati Guliston tumanida amalga oshirilayotgan mazkur pilot loyiha ham paxtachilikda ilmiy asoslangan, resurs tejamkor va samarali agrotexnologiyalarni joriy etish yo‘lida muhim amaliy qadam hisoblanadi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

photo 2026 05 19 17 47 43

“Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlariga irrigatsion eroziya ta’sirini baholash” mavzusida

Igamberdiyeva Dilfuza Alimovnaning 03.00.13 - “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlariga irrigatsion eroziya ta’sirini baholash” mavzusidagi Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 2-iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100179, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uy. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

Xalqaro_forum

photo 2026 05 18 15 25 52

photo 2026 05 18 14 57 27
Bugun Toshkent shahrida “Ta’lim” mavzusidagi III O‘zbekiston forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi vakili Sun Changdong, Xitoy Ta’lim vazirligi huzuridagi Xitoy va xorijiy tillar almashinuvi va hamkorlik markazi hamda Chinese Testing International bosh direktor o‘rinbosari Liu Xiaolong, Xitoy oliy ta’lim muassasalari vakili, Lanzhou universiteti vakili Li Chunlin va boshqa ta’lim muassasasi vakillari qatnashishdi.

photo 2026 05 18 14 57 26
Tadbir davomida ishtirokchilarga Xitoy universitetlarining ta’lim dasturlari, bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlari, grant va stipendiyalar, HSK imtihoni hamda hujjat topshirish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.
photo 2026 05 18 14 57 09
Forumda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim, ekologiya, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini oshirish masalalari alohida ta’kidlandi.
photo 2026 05 18 14 57 04
Shuningdek, forum doirasida Xitoy universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar, ta’lim dasturlari taqdimotlari hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

✔️
Mazkur xalqaro forum ilm-fan, ta’lim va innovatsion hamkorlikni rivojlantirishda muhim platforma sifatida e’tirof etilmoqda.


❗️Eslatib o‘tamiz ushbu xalqaro forumda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari ham faol ishtirok etdi.
© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований