Ilmiy izlanuvchilar uchun kompyuter dasturi yaratildi

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

fdgf

 Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining bir qator olimlari tomonidan qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy izlanishda bo'lgan tadqiqotchilar uchun yengillik va qulaylik yaratish maqsadida Tuproqlarning tuzli profili va granulometrik tarkibini yaratish dasturi ishlab chiqildi.

 

Mualliflik guvohnomasi
Dasturning imkoniyatlari:
Tuproqlarning genetik gorizontlar yoki hisobiy qatlamlar bo‘yicha o‘rtacha mexanik tarkibi, shu qatlamdagi suvda oson eruvchi tuzlarning anionlar (HCO3, CI, SO4) va kationlar (Ca, Mg, Na) tarkibi va nisbatlari, tuzli gorizontlarning tuproq profilida joylashish chuqurligi va tiplari to‘g‘risidagi maʼlumotlari grafik, diagramma, nonogramma va jadval ko‘rinishlarida taqdim etiladi.

Qo‘llanish sohasi: 

Ushbu dastur tuproqshunoslar, agrokimyogarlar, melioratorlar shu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar, barcha qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, yerlardan oqilona foydalanish, ularning unumdorligini saqlash, oshirish va himoyalash chora tadbirlarini ishlab chiqishda suv va resurs tejovchi, tuproq-meliorativ holatini yahshilovchi samarali chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish uchun foydalaniladi.

Huquq egasi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

Dastur mualliflari: Mirzambetov Abdirashit Bazarbayevich, Axmedov Almon Usmanovich, Ro'zmetov Maksud Ismailovich, Turdaliyev Jamolbek Mo'minaliyevich, Parpiyev G'afurjon Toxirovich, Geldiyev Odil Alpomishovich, Burxanova Nigora Xamid qizi.

Elektron dastur O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi tomonidan 2021 yil 14 yanvar kuni DGU 09995-raqam bilan ro'yxatga olingan.

EHM turi: Pentium IV 

Dasturlash tili: С# .Net Framework 4.5

Operatsion muhit: Windows XP, Windows 7, Windows 10

Ro‘yxatga olinayotan dastur hajmi   699 kб.

 

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti