“Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnali milliy nashrlar ro‘yxatida

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

1232344

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2022-yildan buyon “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnali  nashr etilmoqda.

Endilikda ushbu ilmiy jurnal, O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan
2022 yil 29-dekabrdan 03.00.00-Biologiya fanlari bo‘yicha, 2023 yil 31-yanvardan 06.00.00-Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan milliy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

Asos:

O‘zbekiston Respublikasi OAK Biologik tadqiqotlar va biotexnologiyalar bo‘yicha (27.12.2022 y., № 12) hamda Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va oziq-ovqat tadqiqotlari bo‘yicha ekspert kengashlarining tavsiyasi (27.01.2023 y., № 1); O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining qarorlari (29.12.2022 y. № 330/5 va 31.01.2023 y № 332/5).

Jurnal sahifalarida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar OTM va ITM larda tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba yoshlar, magistrantlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va olimlarning ilmiy maqolalari, agrar sohaga oid yangiliklar va hodisalar, Prezident qarorlari va boshqa ko‘plab materiallar yoritib boriladi.

Nashrning har bir sonining elektron formati ham mavjud bo‘lib u institutning soil.uz saytidagi “ILMIY JURNAL” platformasining “Taxririyat” qismi va Institutning telegram kanallariga muntazam ravishda joylashtirib boriladi.

Endilikda Siz o‘z ilmiy tadqiqot ishlaringiz yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalaringizni  jurnaldagi “Tuproqshunoslik”, “Agrotuproqshunoslik”, “Agrokimyo”, “Tuproqlarning meliorativ holati va irrigatsiya”, “O‘simlikshunoslik”, “Mustaqillik qadamlari”, “Prezident qarorlari amalda” va boshqa ruknlari ostida ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz chop ettirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz: Mualliflar maqolalarni uch tilda o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti