YER EGALARIGA TAVSIYALAR BERILDI

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
photo 2023 02 21 14 17 37 gigapixel scale 2 00x photo 2023 02 21 14 36 34 gigapixel scale 2 00x

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarorining 12-bandi topshiriqlari ijrosi yuzasidan, hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga olgan fuqarolarni bilim va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Bundan asosiy maqsad, hududlardagi har bir mahallaning “O‘sish nuqtasi”dan kelib chiqib, qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlari bo‘yicha Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalarni milliy markazi hamda uning hududiy Agroxizmatlar markazlari orqali o’qitib, malakasini oshirishdir.
Shu munosabat bilan, Toshkent viloyat Agroxizmatlar markazi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga olgan fuqarolarni qishloq xo’jaligining tarmoqlari bo’yicha qisqa muddatli intensiv-o’quv kurslari orqali o’qitish dasturlari ishlab chiqildi.

Bugun ushbu tadbir viloyatning Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilib, unda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining yuqori malakali mutaxassislari ishtirok etishdi. Mutaxasslar tomonidan seminar yig‘ilish qatnashchilariga tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti