• Russian (Russia)
  • Uzbek

phone1 Flag of Uzbekistan Circle 512 Russian 2 512

Institut yangiliklari

HAMKORLIK ODIMLARI

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Yangiliklar
15 June 2023
Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasida turli sohalarda bo‘lgani kabi, qishloq xo‘jaligi tizimida ham hamkorlik izchil, jadal va samarali rivojlanib bormoqda. 

Joriy yilning may oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov va institut mas’ul xodimlari bilan Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan “Japan Conservation Engineers&Co.”, LTD. firmasi vakillari - yordamchi menedjeri Yoshida Kazuyo (Yoshida Kazuyo), Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Ueno Naoya (Ueno Naoya), mahalliy konsultant G‘ayrat Jumaev bilan sohaviy hamkorlik yuzasidan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash, tajriba almashish va kelajakda birgalikda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu hamkorlik samarasi o‘laroq joriy yilning 11 iyunidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari departamenti mudiri Oybek Soatov, vazirlik mas’ul xodimlari va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodovlar Yaponiya davlatida xizmat safarida bo‘lib to‘ribdi. 

batafsil

  • Prev
  • Next
Rating:
( 0 Rating )

Menyu

  • Institut
  • Ilmiy kengash
  • Interaktiv xizmatlar
  • Nashrlar
  • Me'yoriy hujjatlar
  • Ilmiy jurnal
  • Matbuot xizmati
    • Institut yangiliklari
    • Yoshlar siyosati
    • E'lonlar
    • Seminar-treninglar
    • Foto lavhalar
    • Video lavhalar
    • Infografikalar
    • OAV biz haqimizda
    • Direktorga murojaat

MILLIY HAVOLALAR

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
  • Hukumat portali
  • Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali
  • Toshkent shahar hokimligi