Ikki mamlakat tuproqshunos mutaxassislarining sa’y-harakatlari  amalda

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

photo 2024 08 12 14 43 55photo 2024 08 12 14 45 19photo 2024 08 12 14 47 09

O‘zbek va afg‘on xalqlarini yaqin qo‘shnichilik va azaliy do‘stlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Bugungi kunda Afg‘oniston bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan keng qamrovli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan qishloq xo‘jaligi sohasida amalda bajarilayotgan ishlar ko‘lami ham bunga yaqqol misol bo‘laoladi.

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari  Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan Afgʻonistonlik qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlashga bagʻishlangan onlayn darslar tashkil etildi.

Ushbu dastur loyihasi bo‘yicha  o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv darsida Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarilari hamda institut direktori Sh. M. Bobomurodov,  Afg'oniston tomonidan: “Farzand asrab olish va amaliy tadqiqotlar boshqarmasi” direktori Muhammad Rafi Bavariy, “Tuproq tadqiqotlari boshqarmasi” direktori Sebg'hatulloh Rahimiy, “Tuproq tasnifi va xaritalash” bo'limi boshlig'i Shahnovaz Rohani va boshqa soha xodimlari ishtirok etishdi. 

Dastur kun tartibiga ko‘ra, institut direktori Sh. Bobomurodovning kirish so‘zidan so‘ng, Analitik sinov laboratoriyasi mudiri, (PhD), katta ilmiy xodim Nuriddinova Xurshida Toshevna "Laboratoriya sharoitida tuproq tahlilini o'tkazishda qo'llaniladigan usullar va asboblar" mavzusida, “Tuproq eroziyasi va eroziyaga uchragan tuproqlarni muhofaza qilish, unumdorligini tiklash” bo‘limi boshlig‘i (PhD), katta ilmiy xodim Aliyor Xasanovich Qorayev “Lalmi, qo’riq tuproqlarda tuproq tadqiqotini tashkil etish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar shakllantirish” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Ma’lumot uchun: Mazkur malaka oshirish darslari Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan Afg‘oniston mutaxassislarini tayyorlash dastur loyihasi 5 kun davom etishi rejalashtirilgan.

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti