Qaror va ijro

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

 

 photo 2025 01 22 19 53 37  photo 2025 01 22 19 53 39  photo 2025 01 22 19 53 37 2  

☄️Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan sinov tariqasida belgilangan hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20-fevraldagi 97-son qarori hamda Qishloq xo‘jaligi vazirining 2024 yil 23-dekabrdagi 302-son buyrug‘ining tegishli bandlari ijrosi ta’minlanmoqda.

👉Kuni kecha Namangan viloyati Pop tumanida o‘quv seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
✔️Seminar yig‘ilishida tuman bo‘yicha davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratilgan barcha yerdan foydalanuvchilar ishtirok etishdi.

🌟Olimlar tomonidan respublikamizda ishlab chiqarilayotgan biogumusli o‘g‘itlarni qo‘llash va ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

⚡️Seminar yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti