22 aprel Xalqaro Yer Kuni Konferensiya

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
5q5y8y4a 5202094703250632824 5202094703250632825
5202094703250632486 1 5202094703250632487 5202094703250632488 1

 

Bugun Toshkentdagi nufuzli Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan “Atrof muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Konferensiyada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov “Tuproq degradatsiyasi va uni oldini olishda zamonaviy yondashuvlar” hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov “Orolbo‘yi tuproqlarining hozirgi xolati va ulardan samarali foydalanish yo‘llari” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.

Ma'ruzachilarga ko'ra, "so'nggi yillarda dunyo tuproqlari turli xil tahdidlarga uchrayotgani, tuproqlar unumdorligini saqlash, yerlar degradatsiyaga qarshi kurashish va tuproqlarda bioxilma-xillikni asrab qolish juda muhim ahamiyat kasb etayotgani va boshqa dolzarb masalalar haqida o'z fikr mulohazalarini bildirishdi"...

Eslatib o‘tamiz: Ushbu xalqaro anjuman atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda tuproqlar unumdorligini oshirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.


Konferensiya kun tartibi bo'icha tadbir tashkilotchilari tomonidan Yosh olimlarning “Eng yaxshi ilmiy ishi”tanlovi g‘oliblarini taqdirlandi.

Eng quvonarlisi mazkur yuqori saviyada tashkillashtirilgan tadbirda Zafar Bahodirov va Asliddin Mamatqulovlar ham munosib taqdirlandi.

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti