HAMKORLIK ANIQ KO‘ZLANGAN MAQSADLAR ASOSIDIR...

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

 

photo 2025 05 28 13 17 08 5312205247969620207 5312205247969620210

HAMKORLIK ANIQ KO‘ZLANGAN MAQSADLAR ASOSIDIR...

Oxirgi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan sohaning istiqboldagi rivoji va ravnaqi borasida bir nechta xorijiy davlatlar bilan halqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib kelinmoqda. Shu qatorda mahalliy ilmiy tadqiqot instiutlar bilan ham hamkorlikda muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini barqaror yetishtirish, don va dukkakli ekinlarni yuqori hosilli navlarini yaratish, tezkor seleksiya urug‘chiligini rivojlantirish va agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish kabi bir qancha faoliyat turlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Aynan shu kabi qishloq xo‘jaligi ish faoliyatlarini amalga oshirishda bevosita tuproq holatiga bog‘liq.

Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Analitik sinov laboratoriyasiga xorijdan keltirilgan yangi zamonaviy rusumdagi tuproq tahlillarini o‘tkazadigan apparatlar bilan tanishish, ishlash medotlarini o‘rganish va tajriba almashish maqsadida Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti “Tuproqshunoslik va agrokimyo” laboratoriyasi mudiri q.x.f.f. d. (PhD) Otaqulova Dilfuza Azamatovna o‘z malakasini oshirish uchun qisqa muddatli xizmat safarida bo‘lib turibti.

Darhaqiqat, bunday sa’yiharakatlar har ikki institut o‘rtasida tajriba almashish asnosida qishloq xo‘jaligi tizimida ilmiy integratsiyani ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.

-Mamlakatimiz bo‘yicha tuproq tahlillarini olib borishda ilmiy salohiyati va tajribalarga boy bo‘lagan ushbu institutda o‘z ish faoliyatim davomida tuproq tahlillari haqidagi eng zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarimni yanada mustahkamlash barobarida kelgusida ham hamkasblarim bilan domiy bilim va tajriba almashishni maqsad qilganmiz - deydi, Dilfuza Otaqulova

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti