![]() |
Tuproq sog‘lomligini qo‘llab-quvvatlashning 2 muhim yo‘li quyidagilardan iborat:
- Tuproq unumdorligini ta’minlash.
- Tuproqni eroziyadan va uning yuzasidan namlikning bug‘lanib ketishidan saqlash.
Bu ikki yo‘l tuproq zahiralarini himoyalashning asosi hisoblanadi. Buning uchun zahiralarning sarflanib ketishiga olib kelmaydigan ishlab chiqarish tizimlari talab etiladi. Qayta tiklash bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi chora-tadbirlari tuproqning unumdorligini va hosildorligini, shuningdek, uning suv toshqini va qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishi mumkin.
Qayta tiklash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
-tuproqqa mexanik ishlov berilishini bosqichma-bosqich kamaytirish;
-turli xil ekinlarni intensiv almashlab ekishni qo‘llash va shu orqali tirik ildizlarni saqlab qolish hamda funksional jarayonlar (chirish va ozuqa moddalari doiraviy aylanishi) uchun mas’ul bo‘lgan tuproq organizmlarini ozuqa bilan ta’minlashdir.
Dalada yil bo‘yi ekinlar yetishtirish yoki doimiy ekinlar bo‘lishini yoxud hech bo‘lmaganda, tuproqning boshqa organik qoldiqlar bilan yil davomida qoplanib turishini ta’minlash. Bunda tuproqni jazirama, jala va shamol ta’siridan muhofaza qilish uchun uning bir tekisda qoplanib turishi (o‘simlik qoldiqlarining bir tekisda taqsimlanishi)ga erishish zarur. Bunday yondashuv tuproqning qayta tiklanishi va yaxshilanishiga yordam beradi hamda eroziya tufayli yo‘qotilishining oldi olinadi.
Odatda, organik moddalarning yuza qatlami bilan himoyalangan tuproq yog‘ingarchilikni yaxshiroq singdiradi va undan unumli foydalanadi, chunki uning suvni o‘ziga tortishi va singishi imkoniyatlari ortadi, shuningdek, tuproq yuzasidan suvning bug‘lanishi kamayadi. Bu suvning yuzlama oqishini, tuproq eroziyasini kamaytiradi va himoyasiz qoldirilgan hamda buzilgan tuproqlardan farqli o‘laroq, tuproqning namligi butun mavsum davomida saqlanib turishini ta’minlaydi.