IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI 
Joriy yilning 11 fevral sanasida Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengashga raislik qiluvchi biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bordi.

Majlis BAXODIROV ZAFAR ABDUVALYEVICHning “Tuproqshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy asoslari” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

🔴Ilmiy kengash majlisida talabgor hozirgi kunda juda dolzarb bo‘lgan sun’iy intellekt texnologiyalarini tuproqshunoslik va agrokimyo sohasida qo‘llash bo‘yicha olib borgan ilmiy va amaliy ishlari, tadqiqot natijalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

🔴Kengash a’zolari tomonidan tuproqshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, turli mavzuli xaritalar tuzish, kosmik suratlarni tahlil qilish, axborot tizimlarini ishlab chiqish kabi amaliy ishlar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan ZAFAR BAXODIROV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

