
Joriy yilning 3-aprel sanasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi fakulteti “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi dotsenti Jurayeva Gulchexra Shodiyevna hamda assistent Beketov Timur Kazakbayevich rahbarligida 2-kurs 61-24 guruh, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi talabalari amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tash uchun tashrif buyurishdi.
Institutning “Analitik sinov laboratoriyasi” bo‘limi mudirasi Xurshida Nuriddinova mazkur mashg‘ulot doirasida talabalarga tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan laboratoriya sharoitlari, zamonaviy uskunalar va ilmiy-tadqiqot ishlarining amaliy jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.
✅Tashrif davomida talabalar tuproq tahlili usullari, agrokimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash hamda qishloq xo‘jaligida resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✅Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kelgusida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

