АМАЛИЙ СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Куни кеча Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Пахтачилик кенгаши раиси И.Абдураҳмонов раҳбарлигида Тошкент вилояти Қуйичирчиқ туманидаги “TCT AGRO CLUSTER” МЧЖ ҳудудида жойлашган пахта экилган майдонлари кўздан кечирилди.
Ушбу тадбир дала майдонларини ўрганиш жараёнларига Кенгаш аъзолари, бошқарув гуруҳи аъзолари, Тупроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институтининг бир гуруҳ мутахассис олимлари ҳамда туманлар ишчи гуруҳлари аъзолари жалб этилди.
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSIDA ISH YURITISH BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTLARIDAN FOTOLAVHALAR
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Institut rahbariyati tomonidan mashg‘ulotlar haftaning har juma kuni “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. O‘quv darsliklari Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 20 soatlik videodarslarining 6, 7 soat darsliklaridan foydalanilmoqda.
ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИДА ДЕГРАДАЦИЯГА УЧРАГАН ЕРЛАРНИ ҚАЙТА ТИКЛАШ БЎЙИЧА КЎРГАЗМАЛИ СЕМИНАР ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛАДИ
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Жорий йил 17 июнь куни Қишлоқ хўжалиги вазирлигининг ходимлари ва соҳа олимлари
раҳбарлигида Косон тумани Косон ҳудуди, "Косон" фермер ҳўжалигида соат 09:30 да
(Касби, Муборак, Миришкор, Чироқчи, Кўкдала, Шаҳрисабз Китоб туманлари учун),
Нишон тумани У.Юсупов худуди, "Ибрагимов Абдихалил" фермер хўжалигининг
дала шийпонида соат 16:30 да (Қарши, Қамаши, Ғузор, Яккабоғ туманлари учун) вилоятда
ерлар деградациясига карши курашиш ва унинг салбий оқибатларини юмшатиш,
ҳудудларда чўлланиш ва курғоқчиликнинг олдини олиш, биохилмахилликни асраб қолиш,
тупроқ унумдорлигини сақлаш ва ошириш, деградацияга учраган ерларни қайта тиклаш
бўйича кўргазмали семинар йиғилиши ўтказилди.
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSIDA ISH YURITISH BO‘YICHA NAVBATDAGI O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari uchun “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o’quv mashg’ulotlaridan fotolavhalar:
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari uchun “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o’quv mashg’ulotlaridan fotolavhalar.
Institut rahbariyati tomonidan mashg‘ulotlar haftaning har juma kuni “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi. O‘quv darsliklari Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 20 soatlik videodarslardan foydalanilmoqda.
Bugun “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida institut xodimlari ushun 2, 3 darsliklari bo’lib o’tdi.
ЕРГА ҲАМ МЕҲР КЕРАК
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Мамлакатимизнинг ҳар бир қарич ери бебаҳодир. Одамларнинг ерга бўлган муносабати кундан кунга ўзгармоқда. Бугунги кластер ва деҳқон фермерлар ўз ерларининг унумдорлигини ошириш орқали қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштириш ҳажмини кўпайтиришга хизмат қилаётгани таҳсинга лойиқдир.
батафсил: https://telegra.ph/