MANFAATLI HAMKORLIK SARI

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

MANFAATLI HAMKORLIK SARI

4e68db8292f23825e711e1 4e68db8292f23825e711e1 4e68db8292f23825e711e1 4e68db8292f23825e711e1

Har qanday sohaning rivojlanish mezonida o‘zaro tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalasi turadi. Bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Birgina tuproqshunoslik sohasida ham olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq hamkorlik aloqalarning tobora kengayib borayotganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Yaqinda Janubiy Koreyaning Qishloq xo‘jaligida yetakchi ilmiy-tadqiqotlar instituti Bosh direktori professor Seo Jin Xong hamda ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha o‘rinbosari professor MSin Deia xonim institutning Andijon mintaqaviy bo‘linmasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad, Janubiy Koreyada ishlab chiqariladigan  “Withcell” turkumidagi NPK bilan to‘yintirilgan bioo‘g‘itlar hamda urug‘dorilagichlarni o‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida tuproqning agrofizik, agrokimyoviy, mikrobiologik hamda undagi gumus miqdori dinamikasiga ta’sirini kuzatish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bo‘linmada barcha shart-sharoitlar mavjud. Bo‘linmada tuproqqa dastlabki agrokimyoviy, agrofizik, meliorativ xossalariga, shuningdek, qo‘llanilgan biopreparatlarni ta’sirida mazkur xossalarni o‘zgarishi dinamikasi bo‘yicha aniq va ishonchli ma’lumotnoma tayyorlash imkoniyati yaratilgan.

Janubiy Koreyalik hamkorlar Andijon mintaqaviy bo‘linma mutaxassislari bilan yaratilishi ko‘zda tutilgan ishlanmani Andijon viloyatida eng ko‘p tarqalgan, ya’ni, umumiy sug‘oriladigan maydonlarning 45 foizini tashkil qiluvchi, qariyb 103 500 gektar maydonga joriy qilish mumkin bo‘lgan o‘tloqi tuproqlar sharoitida ilmiy-tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishib oldilar.

Xorijlik professor Seo Jin Xong bo‘linmada tuproq tahlillari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish salohiyatini yuqori baholadi. U o‘zining O‘zbekistonda amalga oshirilishni rejalashtirilayotgan tuproqqa qo‘llaniladigan hamda urug‘larga ishlanuvchi NPK bilan to‘yintirilgan preparatlarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlarni olib borishda bo‘linma bilan aniq ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar olishda hamkorlik qilinishi maqsadga muvofiq ekanligini aytib o‘tdi.

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti