INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHI QOSHIDAGI ILMIY SEMINARNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
photo 2024 10 25 11 04 36 photo 2024 10 25 11 04 36 photo 2024 10 25 11 04 36 photo 2024 10 25 11 04 36 photo 2024 10 25 11 04 36 photo 2024 10 25 11 04 36

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.

Maskur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:
1.Qosimov Umedillo Salimovichning “Mineral o‘g‘itlarning samaradorligini oshirish usullari (sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘za misolida)” mavzusidagi 06.01.04 - "Agrokimyo" ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD);

2.Raxmonov Akramjon Xujamovichning “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda go‘zaga bentonit bilan modifikatsiyalangan azotli va fosforli o‘g‘tlarni qo‘llashning samaradorligi” mavzusidagi 06.01.04-“Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishlarining muhokamasiga bag‘ishlandi.

Talabgorlar
Ilmiy kengash a’zolariga olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan tanishtirdi.

Kengash a’zolari dissertasiyalar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash va kengash a’zolari tomonidan talabgorlarga taklif, tavsiyalar berildi.

Ilmiy kengash majlisi ishi onlayn va offlayn shaklida bo‘lib o‘tdi.

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti