AFG‘ONISTONGA MOBIL LABORATORIYA TORSHIRILDI
O‘zbek va afg‘on xalqlarini yaqin qo‘shnichilik va azaliy do‘stlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Bugungi kunda Afg‘oniston bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan keng qamrovli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan qishloq xo‘jaligi sohasida amalda bajarilayotgan ishlar ko‘lami ham bunga yaqqol misol bo‘laoladi.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi bilan ham qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, don va dukkakli ekinlarni yetishtirish, tuproqshunoslik, chorvachilik yo‘nalishlarida hamkorligi tomonlarning o‘zaro manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumati rahbarlari kelishuviga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan tuproq tahlillarini olib borishga ixtisoslashgan va barcha zaruriy uskunalar bilan jihozlangan mobil laboratoriya Hayraton postida Afg‘oniston tomoniga taqdim etildi.
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, mobil laboratoriya Kobulga yetkazilgandan so‘ng mamlakatimizning tuproqshunos olimlari tomonidan afg‘onistonlik tuproqshunos izlanuvchilar uchun 3 kunlik seminar-treninglar o‘tkaziladi.