![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni ishlarni yanada jadallashtirish to'g'risida" 2025-yil 6-martdagi F-18-son Farmoyishi bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga biriktirilgan Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida aholi bandligi va daromadlarini oshirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan 1350 tup o‘rik va 700 tup bodom mevali ko‘chatlarni Do‘stlik tumani hokimligi, shuningdek, ehtiyojmand aholi qatlamiga beg'araz amaliy yordam sifatida yetkazib berildi.
Bugun mevali ko‘chatlarni ekish jarayonlarida Qishloq xo‘jaligi vazirligining mutasaddi rahbar va xodimlari hamda institutning bir guruh mutaxassislari, tumandagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamkorlikda faol qatnashmoqda.