![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman ishi davom etmoqda.
Yerlar insoniyatning taraqqiyotiga, jamiyatning ravnaqiga xizmat qiladi. Yuksak darajada tashkil qilingan ushbu xalqaro ilmiy anjuman yerlarni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish, shoʼrlanish kabi salbiy oqibatlarning oldini olish, bioxilma-xillikni asrab qolishda juda katta xalqaro ahamiyat kasb etadi...
Shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, b.f.d., Shuxrat Mexribonovich BOBOMURODOV ma'ruza qildi.
Sh. Bobomurodovga ko'ra, yer maydonlarida olib boriladigan degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, choʼllanish va qurgʼoqchilikning oldini olish, bioxilma-xillikni asrab qolish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklashda tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirishda agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni ilmiy asosda olib borishga qaratilgan rejalarini oʼz vaqtida bajarish va boshqa dolzarb masalalar toʼgʼrisida oʼz fikr mulohazalarini bildirdi.