Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir tashkil etildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusidagi taqdimot materiallaridan foydalanilib yig‘ilish qatnashchilariga ikkinchi jahon urushi haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Darhaqiqat ushbu bayram keng ma’noga ega bo‘lib, u mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qahramona, o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq xotirasi va insonni qadrlash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumxalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko‘rsatiladi.
![]() |
![]() |
![]() |